RegTech

REGTECH – ko‘rgazmalar, konferensiyalar, forum, summit va turli tadbirlarda ishtirokchilarni onlayn va oflayn ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yetakchi kampaniya. Kampaniyamiz 7 yillik tajribaga ega bo‘lib, dastlab "AVANTAGE" nomi ostida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar 50+ yirik tadbirlarni muvaffaqiyatli tashkil qildik, jumladan UNWTO 2023, ICFS 2023, CIO Summit 2023, COP14, Automechanika Tashkent 2024, Heimtextil Exhibition Uzbekistan 2024, Beautyworld Central Asia 2024, Made in Pakistan 2024, Turizm vazirliklarining Islom konferensiyasining 12-sessiyasi kabi xalqaro tadbirlarni, undan tashqari ICTWeek’ning 2022-yilgacha bo‘lgan barcha tadbirlarida, ADWEEK, Uztelecom 2018, 5 muhim tashabbus forumi 2021, O‘zbekiston yoshlari forumi 2021, Unicorns 2022, "Inson uchun" respublika savdo ko‘rgazmasi 2024 mahalliy tadbirlarini misol qilsak bo‘ladi. 

2024-yildagi COP14 Samarqand Silk Road xalqaro tadbirida xizmat ko‘rsatib BMT vakillarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldik. Yangi tizimimiz tezkor, ishonchli va zamonaviy bo‘lgani sabab, BMT vakillari kelgusi tadbirlarda hamkorlik qilish istagini bildirishdi.