"Made in Pakistan" ko'rgazmasi Toshkent

Manzil: “O‘zekspomarkaz”, Toshkent
Yil: 2024

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Made in Pakistan” sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida Avantage Events kampaniyasi ishtirokchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini to‘liq taqdim etdi. Ushbu loyiha bizning portfoliomizdagi yana bir muvaffaqiyatli yechim sifatida o‘z o‘rnini egalladi.

Tadbir boshlanishidan ancha oldin ro‘yxatdan o‘tish tizimi ishga tushirildi va foydalanuvchilarga B2B muzokaralarda qatnashish uchun maxsus havola orqali tizimga kirib, barcha jarayonlarni tez va qulay shaklda yakunlash imkoniyati taqdim etildi. Interfeysning soddaligi, avtomatik javoblar va intuitiv dizayn tufayli foydalanuvchilar tomonidan tizim juda ijobiy baholandi.

Tashkilotchilar uchun esa real vaqt rejimida hisobotlar, statistika va ishtirokchilar oqimini nazorat qilish imkoniyati taqdim etildi. Mijozlar bizning xizmatimizdan to‘liq mamnun bo‘lishdi va keyingi tadbirlarda ham Avantage Events bilan hamkorlik qilish istagini bildirishdi.

Bu loyiha – bizning professional jamoamiz, innovatsion yondashuvimiz va ishonchli texnik yechimlarimizning yana bir yorqin namunasi sifatida portfoliomizda alohida o‘rin tutadi.

RASMLAR