2024-yil 1–2-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tgan “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa mas’ul idoralar bilan hamkorlikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Avantage Events kampaniyasi tomonidan tashrif buyuruvchilarni onlayn va oflayn shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tizim orqali ishtirokchilar qulay va tezkor shaklda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ro‘yxatdan o‘tish platformasining oddiy interfeysi, avtomatik tasdiq xabarlari va moslashtirilgan dizayni foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi.
Tadbir tashkilotchilari uchun esa real vaqt rejimida yangilanib boradigan hisobotlar, statistik ma’lumotlar, va ishtirokchilar oqimini monitoring qilish imkoniyati taqdim etildi. Har bir bosqichda aniq, ishonchli va professional yondashuv ko‘rsatilib, mijoz tomon xizmatdan to‘liq mamnun bo‘ldi.
Ushbu loyiha Avantage Events faoliyatidagi yana bir muvaffaqiyatli ish bo‘lib, bizning texnologik salohiyatimiz, jamoamizning professionalligi va mijoz ehtiyojlariga mos individual yondashuvimizni yaqqol namoyon etadi.