O‘zbekistonda PURE GUARD mator moyining rasmiy taqdimoti muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. PURE GUARD – bu yuqori sifat va ishonchlilikka ega, Amerikada ishlab chiqariladigan mator moylari brendi. Tadbir ushbu mahsulotni mahalliy bozorga joriy etish maqsadida tashkil etildi.
Ushbu taqdimot marosimining tashkilotchisi sifatida Avantage kampaniyamiz barcha jarayonlarni mukammal darajada tashkillashtirdi. Tadbir rejasini ishlab chiqishdan tortib, mehmonlarni kutib olish, tadbir bo‘lib o'tadigan joyni bezatish va texnik xizmatlarni ta’minlashgacha bo‘lgan barcha ishlarni o‘z zimmamizga oldik.
Tadbir davomida ishtirokchilar PURE GUARD mahsulotining afzalliklari bilan tanishib, PURE GUARD brendining Amerikadan tashrif buyurgan vakili bilan ham suhbatlashishdi. Tadbir yakunida PURE GUARD brendi vakillari kampaniyamizning barcha tashkiliy ishlardan mamnunliklarini bildirishdi.
Avantage jamoasi tadbirlar tashkilotchisi sifatida har qanday tadbirni yuqori darajada tashkillashtirishga tayyormiz!