Toshkent yoshlarni sevadi

Manzil: "Alpomish" muz saroyi, Toshkent
Yil: 2024

2024-yilning 10-14-dekabr kunlari poytaxtimizning "Alpomish" muz saroyida "Toshkent yoshlarni sevadi" nomli tadbir haftaligi bo'lib o'tdi.

Tadbirning birinchi kuni ota-onalar va o‘quvchilar uchun "O‘quv markazlari" forumi tashkil etildi. Ochilish marosimiga Yoshlar Ishlari Agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev va Toshkent shahar hokimining o'rinbosari Durdona Rahimovalar tashrif buyurishdi va yoshlarning ko'pgina savollariga javob berib, ular bilan muloqot qilishdi.

11-12-dekabr kunlari esa Toshkentning 100 ta yirik ish beruvchilari va bitiruvchilarini birlashtirgan "Kelajak Expo" bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

13-dekabr tadbir haftaligining 4-kunida esa Malakasiz yoshlar yangi karyera yo‘llarini topgan "Diplomsiz ish" yarmarkasi bo'lib o'tdi.

14-dekabr tadbirning so'nggi 5-kunida "TOP 100 oliy o'quv yurti" deb nomlangan oliy ta'lim muassasalari ko'rgazmalari tashkil etildi. Ko'rgazmada abituriyentlar o'zlari tanlagan universitetlar haqida qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbirga nufuzli mehmonlar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Toshkent shahar hokimining o'rinbosari Durdona Rahimovalar ham tashrif buyurishdi.

Avantage Events kampaniyasi barcha tashkiliy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan mazkur tadbir uchun tadbir buyurtmachilari kampaniyamizdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

RASMLAR