2024-yilning 30-noyabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida CIO CLUB Uzbekistan a'zolari va tadbir mehmonlari ishtirokida navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtdi. Bu galgi tadbir raqamlashtirish davrida soha duch kelayotgan dolzarb muammolar va vazifalarni muhokama qilish uchun mutaxassislar, liderlar va biznes vakillarini birlashtirdi.
Tadbirni Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov ochib berdi. U oʻz nutqida sohadagi qilinayotgan yangiliklar va rejalar haqida so'zladi. Shuningdek, ishtirokchilarning dolzarb savollariga javob berdi.
INHA universiteti rektori Muzaffar Jalalov CIO'lar orasida innovatsion liderlarning yangi avlodini tayyorlashda taʼlim tashabbuslarining ahamiyatini taʼkidladi. Elektron tijoratni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Kamronbek Muhammadiyev esa elektron tijoratning kelajakdagi istiqbollari haqida maʼlumot berdi.
Yigʻilish davomida CIO CLUB Uzbekistan kengashi raisi Ahadbek Dalimov tashkilotlardagi axborot xavfsizligi yetilishining muhim masalasini yoritib berdi va axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish strategiyasiga eʼtibor qaratdi. Tadbirni Huawei kompaniyasi eksperti Andrey Buranov yakunlab, sunʼiy intellekt va fintex sohalaridagi innovatsion yutuqlar haqida soʻzlab berdi.
Avantage Events Toshkentdagi INHA universitetiga hamkorlikdagi yordami uchun, shuningdek, tadbirning bosh homiysi boʻlgan Huawei kampaniyasiga alohida minnatdorchilik bildiradi.
Biz CIO'lar oʻrtasida bilim va tajriba almashish uchun mazkur klubni rivojlantirishda davom etamiz, hamda ochiq muloqotga tayyor boʻlgan hamjamiyatni shakllantiramiz.