O‘zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi va biznes-forumi

Manzil: Fairmont Tashkent City
Yil: 2025

2025-yil 15-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning sakkizinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston–Turkiya biznes-forumi va sanoat ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Bu nufuzli tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro darajadagi tadbirni yuqori sifatda, puxta rejalashtirish va professional yondashuv bilan tashkillashtirish vazifasi Avantage Events jamoasiga ishonib topshirildi. Kampaniyamiz barcha tashkiliy jarayonlarni mukammal tarzda amalga oshirib, mehmonlar uchun qulay va samarali muhitni shakllantirdi.

Avantage Events — rasmiy anjumanlar, biznes forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa yirik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Har bir mijozimiz uchun yondashuvimiz individual bo‘lib, har bir detal e’tibordan chetda qolmaydi.

Siz ham xalqaro yoki mahalliy tadbirlaringizni ishonchli qo‘llarga topshirmoqchi bo‘lsangiz Avantage Events doimo xizmatga tayyor!

RASMLAR