Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy kengashining 105-yig‘ilishi o’tkazildi. Mazkur tadbir 2025-yilning 29-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. MDH Iqtisodiy kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov nutq so’zlab tadbirni ochib berdi.
Yig‘ilishda delegatsiyalar rahbarlari sifatida Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Doniyor Amangeldiyev, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Qozog‘iston Respublikasining vakolatli vakili Beketjan Jumaxonov, Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shadurdi Meredov hamda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.
Avantage Events kampaniyasi tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rib barcha tashkiliy ishlarni yuqori darajada amalga oshirdi. Jamoamiz bilan yana bir muvaffaqiyatli loyihani o’tkazishga erishdik.