Toshkentda “Eco Expo Central Asia 2025” birinchi xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan keng koʻlamli tadbir 30 dan ortiq davlatni birlashtirib, 19–21-iyun kunlari "Central Asian Expo" (CAEx) koʻrgazmalar majmuasini muloqot, ilgʻor tajriba almashish va “yashil” transformatsiyani ilgari surish uchun yetakchi platformaga aylantirdi.
Avantage Events jamoasi mazkur ko'rgazmadagi bir nechta muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirdi! Kampaniyamiz 4 ta stendni: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarining stendlarini eng dastlabki g‘oyalaridan boshlab yakuniy qurib bitkazishgacha bo'lgan barcha ishlarni to‘liq yakunlab berdi. ⠀