Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) 20-Bosh Assambleyasi yig‘ilishi

Manzil: Wyndham Tashkent
Yil: 2025

SMIIC 20-Bosh Assambleyasi — Avantage Events tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etildi.

2024-yil 11–13 noyabr kunlari Toshkent shahrida Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC)ning 20-Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro anjuman O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tashkil etildi va unda SMIICga a’zo 48 ta davlat delegatlari, xalqaro tashkilot vakillari, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Ushbu muhim tadbirning to‘liq tashkiliy jarayoni Avantage Events jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Jamoamiz bilan tadbir bo‘lib o‘tadigan zallarni tayyorlash va barcha texnik jarayonlarni uzluksiz boshqarishgacha bo‘lgan ishlarni yuqori darajada bajardik. Har bir bosqichda xalqaro talablar va protokol standartlariga mos professional yondashuv ta’minlandi.

SMIICning O‘zbekistonda o‘tkazilgan bu Assambleyasi Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Avantage Events uchun esa ushbu anjuman — xalqaro miqyosdagi yirik delegatsiyalar bilan ishlash bo‘yicha tajribamizni yana bir bor namoyon etgan muhim loyiha bo‘ldi. Tadbir davomida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish va metrologiyani rivojlantirish, muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Panel sessiyalar, davra suhbatlari va madaniy dasturlar ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Avantage Events ushbu anjuman orqali O‘zbekistonning global jarayonlardagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlar uchun qulay sharoit taqdim qilish va yirik forumlarni yuqori sifat bilan tashkil etish bo‘yicha o‘z salohiyatini yanada mustahkamladi.

RASMLAR