CRIC21

Manzil: Silk Road Samarkand, Samarqand
Yil: 2023

Samarqandda BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi 13-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. 196 dan ortiq davlatdan ishtirokchilarni birlashtirdi. CRIC-21 sessiyasini uning raisi Bilyana Kalibarda, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, shuningdek, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ochdi.

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti, UNCCD (BMTning cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi konvensiyasi) va UNDP (BMT Taraqqiyot dasturi) vakillari, 10 ga yaqin xorijiy davlat ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, olimlar ishtirok etdi.

RASMLAR