Samarqandda o‘tgan BMT global konferensiyasida asosiy chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.
Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMC COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra kelishilgan chora-tadbirlar qatorida ko‘chib yuruvchilarning 14 ta turini, jumladan, Yevrosiyo silovsini, manul mushugi kabi hayvonlarni Konvensiyaga kiritish ko'rib chiqildi. Konvensiyaga a’zo 133 davlat vakillari 100 dan ortiq turli mavzularda Samarqand rezolyutsiyasi, qo‘shma qarorlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni qabul qildi.
Tadbirning texnik va tashkiliy qismini esa Avantage Events kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi. U barcha belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, konferensiyaning yuqori saviyada o‘tishini va ishtirokchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida, tabiat va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha global maqsadlarga erishishda professionallik va jamoaviy ish muhim rol o‘ynashini yana bir bor tasdiqlaydi.