20-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida UNWTO hamkorligidagi tematik ofis hamda Xalqaro turizm akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili, tashkilotga a’zo davlatlar vazirlari va delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, tematik ofis UNWTO hamkorligida “Ipak yo‘li” xalqaro brendi loyihalari, tashabbuslari va tadqiqotlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. U turizm sohasidagi tashkilotlar va ekspertlar faoliyatini baholash va tavsiyalar berish uchun muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan.
Ochilish marosimining yuqori darajada o'tishi Avantage Events jamoasi tomonidan ta'minlandi.