2019-yil 21 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Bir million o‘zbek dasturchisi» nomli yirik loyihaga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi, O‘zbekiston hukumati vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti dasturchilarining ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.