2020-yilning 20-yanvar kuni poytaxtimizdagi Koreya madaniyat markazida blokcheyn texnologiyasi bo‘yicha xalqaro konferensiya hamda mamlakatdagi birinchi kriptobirja – UzNEXning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. UzNEX nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda milliy valyuta – so‘m, kredit kartalari va dollardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatuvchi yagona kriptovalyuta birjasidir. Birja asoschisi Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasi edi. Avantage Events tadbirni mukammal o'tishini ta'minladi.
Tadbir blokcheyn sanoatini rivojlantirish va O‘zbekistonda birinchi rasmiy kripto birjasining ochilishiga bag‘ishlandi. Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni tartibga solishning turli yondashuvlari muhokama qilindi. Regulyatorlar raqamli iqtisodiyotni tartibga solish, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash va uni himoya qilish bo‘yicha eng to‘g‘ri yondashuvni ishlab chiqishga harakat qilmoqda.