ICTWEEK Uzbekistan 2019 haftaligi 24-sentabrdan start oldi. Haftalik XSM (Xalqaro savdo markazi) binosida bir hafta davomida bo'lib o'tdi
ICTWEEKning asosiy maqsadi IT sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etish va muhokama qilish. ICTWEEK Uzbekistan 2019 haftaligi doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi:
ICTWEEK Uzbekistan 2019 AKT haftaligining ochilishida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi nomidan vazirning birinchi o'rinbosari, ICTWEEK Uzbekistan 2019 tashkiliy qo'mitasi raisi Olimjon Umarov so'zga chiqdi.
Hisob bo'yicha o'n oltinchi ICT EXPO ko’rgazmasi yuqori texnologiyalar sohasidagi eng yirik mahalliy va xorijiy ishtirokchilarini birlashtirdi.
Avantage Events haftalik davomidagi barcha tadbirlarning texnik va tashkiliy tomonlama yuqori sifatda o'tishini ta'minladi.