2021-yil 28-sentabrdan 3-oktabrgacha XIII Toshkent xalqaro kinofestivali 40 ta xorijiy davlatdan 400 nafar kinoijodkor va 1,5 mingdan ortiq talabalar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivalida oʻrnatilgan anʼanalarni saqlab kelmoqda. Toshkentga butun dunyodan kinoijodkorlar keladi, yangi filmlar, jumladan, oʻzbek kinoijodkorlari ishtirokida yaratilgan hamkorlikdagi filmlar namoyishi oʻtkazildi.
Oʻtgan kinofestivallarning asosiy dasturiga kinofilm namoyishlaridan tashqari „Kino 5 kunda“ tanlov dasturi, hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash, yangi kinoloyihalarning taqdimotlari, shuningdek, Kinochilar uyi va „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasidagi innovatsiyalar kiritilgan.