O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021 haftaligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi bayoniga muvofiq, Toshkent shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi o‘tkazildi. 2021-yilning 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan yoshlar ishtirokida harbiy vatanparvarlik tadbirlari, parad, harbiy texnika ko‘rgazmasi va katta konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetining 500 nafar talaba-yoshlari va tyutorlari faol ishtirok etdi.