ICTWEEK 2022

Manzil: Silk Road Samarkand, Samarqand
Yil: 2022

2022-yilning 24-27 oktyabr kunlari Samarqand shahri “Silk Road Samarkand” majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tkazildi. AKT haftaligi doirasida 22 ta xalqaro tadbirlar o‘tkazilib, ularda jami 15 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. 

Haftalikning mantiqiy ochilish marosimi bo‘lgan “ICTWEEK Uzbekistan” sammitida 708 nafar ishtirokchilar (shu jumladan, 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari) hamda AQSH, Rossiya, XXR, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.

Sammit doirasida MDH davlatlarining xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XYeI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHX) ijroiya qo‘mitasi, “Veon” kompaniyalari guruhi, “Meta” kompaniyasi va BMT vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Sammitda “Plug and Play”ning O‘zbekistondagi filialining ochilishi hamda startaplar uchun akseleratsiya dasturini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu qatorda bo'lib o'tgan “Digital Eurasia” forumi o‘z ichiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining raqamli (elektron) hukumat, aqlli texnologiyalar (IoT), sun’iy intellekt, axborot va kiberxavfsizlik, virtual va to‘ldirilgan (AR/VR) hamda moliya texnologiyalari (Fintech) kabi yo‘nalishlarini qamrab oldi.

Ushbu forum doirasida “Meta” (XR Lab), “Veon”, “Innotech”, “SAP”, “KPMG”, “Huawei”, “Beeline”, “Astana Hub” kabi 20 dan ortiq xalqaro kompaniyalarning ekspertlari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etgan bo‘lib, 350 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi.

RASMLAR