2022-yilning 26-oktabr kuni Samarqand shahrida raqamli transformatsiya orqali yangi voqelikda barqaror tashkilotlarni barpo etish strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida CIO sammiti bo‘lib o‘tdi. CLICK, MFaktor, UniversalBank, IDC, IT PARK, Cirrus Distribution kabi yirik kompaniyalar mutaxassislari ma’ruzachi sifatida qatnashib, muvaffaqiyatli IT-startaplarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tajribalari va strategiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir nafaqat o‘z yutuqlarini namoyish eta olgan va o‘zini namoyon qila olgan ishtirokchilar, balki IT bo‘limlarida yuqori lavozimlarda yuqori pog‘onani egallash maqsadida AKT olamini endigina kashf etayotgan oddiy tashrif buyuruvchilar uchun ham ajoyib voqea bo‘ldi. Ushbu tarixiy sammitni to‘liq tashkillashtirishni Avantage Events jamoasi o‘z zimmasiga oldi.