15-may kuni Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida “Yoshlar ovozi–2022” tanlovining final bosqichi hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. To‘rt yo‘nalish bo‘yicha uch xil yosh toifasida bellashgan 140 dan ortiq yosh iste’dodlar orasidan saralab olingan 36 nafar ilg‘or yoshlar 50 (1-o‘rin), 30 (2-o‘rin) hamda 20 mln (3-o‘rin) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Respublika bosqichiga yo‘l olgan va finalga chiqa olmagan boshqa ishtirokchilar ham o‘z o‘rnida rag‘batlantirilib, har biriga 10 mln so‘mdan pul mukofoti topshirildi. Ushbu tadbirning yanada qiziqarli, emotsiyalarga boy tarzda o'tganini tarixga muhrlab qo'yishni Avantage Events jamoasi o'z zimmasiga olgan.