30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo Arena” majmuasida 10 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirokida “Yangi O'zbekiston yoshlar birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston yoshlariga yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi. Yoshlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri “Yoshlar ovozi” tanlovi g'oliblari, bir guruh iqtidorli yoshlarning ijodiy chiqishlari hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Avantage Events jamoasi ushbu tadbirni texnik va tashkiliy taraflama kamchiliklarsiz o'tishini ta'minladi