Yoshlar kuni 2022

Manzil: Yangi O'zbekistan milliy bog'i, Toshkent
Yil: 2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga keldi. Davlat rahbari bog‘da “Besh tashabbus” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan pavilonlar faoliyati bilan tanishdi, yoshlar bilan muloqot qildi.

Tashrif davomida prezident “Zakovat” pavilonida ham bo‘lib, ko‘rsatuv boshlovchisi Abdurasul Abdullayev, klub bilimdonlari, mahallalar o‘rtasidagi intellektual turnir g‘olibi bo‘lgan Samarqand viloyati Payariq tumani Sorisuv mahallasi jamoasi, shuningdek jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tgan turnirning chempion jamoasi – “Energy” a’zolari bilan uchrashdi.

RASMLAR