Taqdirlash va yopilish tadbiri boʻlib oʻtdi!
10-iyun kuni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va uni "Yoshlar ishlari agentligi" rahbari Alisher Saʼdullayev ochib berdilar. 50 ta finalchilar ichidan eng kuchli 10 nafar loyiha egasining har biriga 10.000 $, umumiy 100.000$ mukofot jamg‘armasi topshirildi.
Taqdirlash ishlarini 20 ta mamlakatdan kelgan davlat namoyondalari amalga oshirishdi. Undan so‘ng "O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi" direktori Orian-Mehroj Rashidov uchrashuvni yakunlab berdilar.