TATU Press Klubi 2021

Manzil: TATU, Toshkent
Yil: 2021

2021-yil 28-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “TATU PRESS-KLUBI”ning (“PRESS CLUB”) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. TATUda Press-klub ish boshladi.

Unda axborot texnologiyalari sohasi korxona va tashkilotlari rahbarlari, bloger hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev mazkur Press-klub katta muloqot maydoniga aylanishiga tilak bildirib, tashkilotchilarga omad tiladi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub rahbari Sherzod Qo‘dratxo‘ja esa mazkur markaz OTMlar orasida birinchilardan bo‘lib ochilganini alohida e’tirof etdi hamda hamkorlikda juda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Tashkilotchilarga bloger hamda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Tadbir yakunida mehmonlar uchun Press-klub bo‘ylab kichik ekskursiya tashkil qilindi.

Ushbu tadbirning texnik tashkil etilishini esa Avantage Events jamoasi o'z zimmasiga oldi.

RASMLAR