"Xalqlar do’sligi" saroyidagi Lola Yuldashevaning 10 yillik konsertiga tayyorlangan sahna dekoratsiyalari Avantage Events jamoasi tomonidan qurildi. Natijada takrorlanmas ko'rinishga ega shou kayfiyatini uyg'otadigan sahna dekaratsiyasi tayyor bo'ldi.
Zamonaviy, "Кабуки" uslubidagi pardadan foydalanildi va bu ham konsert dasturining ochilishida tomoshabinlarga o'zgacha kayfiyat berdi. Lola Yuldasheva 10 yildan so’ng yana Toshkentda konsert berdi! Konsertda Lolaning “Gold hit” taronalari yangicha talqinda namoyish etildi va har bir trek uchun alohida e'tibor berilganligi sabab Avantage Group jamoasi maxsus keltirilgan bo'yi 2,5 metrlik "Dron shar" ni uchirdi.
Bizga yuklatilgan barcha vazifalar bo'yicha, ishlarni a'lo darajada yakunladik.