2−4-oktabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning mavzusi: “Inklyuziv kreativlik: o‘zgargan voqelik”. Kreativ iqtisodiyot sohasidagi vazirlar uchrashuvi, kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan ko‘rgazma va boshqa bir qator tadbirlar bo'ldi.
Avantage Events jamoasi ushbu tadbirda 2000 dan ziyod mehmonlarga keytering xizmatini ko'rsatdi. 3 kun davomida mehmonlarni coffee break va tushlikdagi mazali taomlar bilan to'la shvet stoli bilan a'lo darajada xizmat ko'rsatdik.⠀
Ushbu noyob anjumanda 80 dan ortiq davlatdan kelgan madaniyat va san’at dunyosi namoyandalari, rassomlar, novatorlar, siyosatchilar va tadbirkorlar qatnashdi.
Anjumanda kreativ iqtisodiyot kelajagi, yangi texnologiyalar, xususan, sun’iy intellektning mazkur sohaga ta’siri muhokama qilindi.