2023-yilning 28-29-sentabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro CIO Akademiyasining (IAC) navbatdagi yillik yig‘ilishi – UZBEKISTAN INTERNATIONAL CIO SUMMIT 2023 bo‘lib o‘tdi – bu butun dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya yetakchilari uchun muhim voqeadir. Tadbirning umumiy mavzusi "Raqamli dunyo - CIO uchun muammolar".
Tadbirda 50 dan ortiq davlat, jumladan, mintaqamizdagi mamlakatlardan IT sohasi yetakchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasidagi joriy tendentsiyalarni muhokama qildilar, davlat va korporativ darajada raqamli innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar, shuningdek, MAKga a’zo mamlakatlar va Markaziy Osiyo uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tavsiyalar ishlab chiqdilar. Yig'ilish rejadagidek mukammal o'tishini Avantage Events jamoasi ta'minlab berdi.