5 muhim tashabbus forumi 2021

Manzil: Yoshlar Ijod saroyi, Toshkent
Yil: 2021

2021-yilning 21-25-may kunlari “Toshkent: besh tashabbus harakati-2021” yoshlar forumi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, yosh avlodda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni oshirish maqsadida joriy yilning 21-25-may kunlari “Toshkent: besh tashabbus harakati-2021” yoshlar forumi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport Vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligida o‘tkazilgan mini-futbol musobaqasida 32 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa umumiy hisobda 300 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi va qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechdi.

RASMLAR